Qoraqalpogʻistonda tuman hokimi oʻrinbosari javobgarlikka tortildi

09:32 25 Iyul 2024 Jamiyat
287 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Shumanay tumani hokimi oʻrinbosari javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tuman hokimi oʻrinbosari A.B.ning “Tadbirkor virtual ofisi” orqali “YKN” MCHJ (nomi oʻzgartirilgan) rahbari yoʻllagan murojaatni bir oydan ortiq vaqt oʻtgandan keyin koʻrib chiqqani aniqlandi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasida murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari va qaror qabul qilish tartibi tasdiqlangan. Unga koʻra, murojaatlarni koʻrib chiqishdan soʻng davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxslari har bir ariza va shikoyat boʻyicha qaror qabul qiladi. Bu haqda murojaatchiga darhol yozma yoki elektron shaklda xabar yetkazadi.

Qonunning 28-moddasida esa ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart boʻlgan davlat organi, tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan eʼtiboran 15 kun ichida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda, 1 oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilishi belgilab qoʻyilgan.

Mansabdor shaxs yuqoridagi harakati orqali “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini buzib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 43-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun unga nisbatan Biznes-ombudsman devoni tomonidan maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?