Qoraqalpogʻiston Oliy taʼlim vaziri tayinlandi
Foto: Joʻqorgʻi Kenges
Amanjol Tlepovich Ayapov Qoraqalpogʻiston Respublikasining Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Amanjol Ayapov mehnat faoliyati davomida 2000-2016-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetida, 2016-2017-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi, 2017-2020-yillarda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri kabi masʼul lavozimlarda mehnat qilib kelgan.
U 2020-yildan shu kunga qadar Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Qayd etish kerakki, Ayapovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida (2024-yil fevralidan) Batirbek Kaipbergenov ishlab kelayotgan edi.
U joriy yilning 19-may kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring