Qoʻqonda “Yangi Oʻzbekiston” massivi qad rostlamoqda
Botir Madiyorov/“Xalq soʻzi”. Qoʻqon shahri oʻzining boy tarixi, koʻhna madaniy obidalari va bugungi zamonaviy qiyofasi bilan yurtimizda alohida oʻrin tutadi. Ayni paytda shaharning Movarounnahr, Xoʻjand va Istiqlol koʻchalari hududida Renovatsiya dasturi doirasida keng koʻlamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Loyihaga muvofiq, ushbu hududda “Yangi Oʻzbekiston” nomli yangi massiv barpo etiladi. Zamonaviy shaharsozlik talablari asosida 10 va 16 qavatdan iborat 100 ga yaqin koʻp qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Hozirda ularning 50 dan ortigʻida qurilish ishlari jadal surʼatlarda davom etmoqda.

— Prezidentimizning “Xalqimiz ertaga emas, bugun yaxshi yashashi kerak” degan ezgu tashabbusi shahrimiz misolida oʻzining yorqin ifodasini topyapti, — deydi Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov. — Boisi bu kabi ulkan darajadagi qurilishlar avval boʻlmagan. Qurilish sohasiga ham yuksak texnologiyalar va ilm-fan yutuqlari kirib kelib, uzoq yillar inson farovonligiga xizmat qiladigan muhtasham maskanlar bunyod etilmoqda.
Dastur doirasida qurib bitkazilgan ilk koʻp qavatli uyda ayni paytda pardozlash ishlari ketmoqda. Yaqin kunlarda ushbu uydagi xonadonlar aholi ixtiyoriga topshirilishi rejalashtirilgan. Uy zamonaviy liftlar, elektr, suv va issiqlik kommunikatsiyalari bilan taʼminlanadi. Tom qismi yopish ishlari ham yakuniga yetkazilyapti.

Shuningdek, yaqinda qurilishi boshlangan yana ikki koʻp qavatli uyda ham ishlar jadallik bilan olib borilmoqda va ular ham yaqin vaqtda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring