Qoʻqonda 1,5 mlrd dollarlik texnopark loyihalari boshlanmoqda
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Yuzma-yuz muloqotda 40 nafardan ziyod tadbirkorning erkin iqtisodiy zonada amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalari bilan tanishildi. Uchrashuv davomida loyiha tashabbuskorlarining taklif va muammolari eshitilib, ularni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, viloyat rahbariga “Qoʻqon” texnoparki hududida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan yangi loyihalar haqida ham maʼlumot berildi.

Tadbirkorlar tomonidan qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish, quruq mevalarni qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, zargarlik savdo majmuasini barpo etish kabi yoʻnalishlardagi loyihalar taqdim etildi. Bank krediti ajratish, elektr va gaz taʼminoti hamda ishlab chiqarish uchun yer maydoni taqdim etish bilan bogʻliq masalalar tegishli rahbarlar ishtirokida koʻrib chiqildi.
— Korxonamizda bolalar va ayollar kiyimlarini ishlab chiqarish va eksport qilish yoʻlga qoʻyilgan, — deydi tadbirkor Muhiddin Tillaboyev. — Ayni paytda 100 ga yaqin doimiy ish oʻrni yaratilgan. Bugungi muloqotda faoliyatimizni kengaytirish maqsadida qoʻshimcha yer ajratish boʻyicha murojaat qildik va masala ijobiy hal etiladigan boʻldi. Yangi loyihaga koʻra, yana 200 ta ish oʻrni yaratish hamda yoshlarni yuqori daromadli ish bilan taʼminlashni maqsad qilganmiz.

Uchrashuv yakunida “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi va “Qoʻqon” texnoparkida istiqbolli loyihalarni joylashtirish, bu jarayonda tadbirkor va investorlarning tashabbuslarini faol qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kelishuvga erishildi.
Aytish joizki, davlatimiz rahbarining 2024-yil 11–12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlariga muvofiq, Qoʻqon shahrida maxsus sanoat zonasi — “Qoʻqon texnoparki” tashkil etilmoqda. Texnopark uchun ajratilgan 230 gektar yer maydonida dastlabki bosqichda 1,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish va 5 mingdan ortiq yuqori daromadli ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring