Qashqadaryodagi kafeda yongʻin sodir boʻldi (+video)

14:31 09 Noyabr 2025 Jamiyat
489 0

Qashqadaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qarshi shahridagi kafeda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 9-noyabr kuni soat 08:02 da Qarshi shahar “Choʻlquvar” MFY I.Karimov koʻchasida joylashgan tekstil ishlab chiqarish sexi hududidagi kafeda yongʻin sodir boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan yordam zarurligi toʻgʻrisida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatga asosan 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnikalar soat 08:06 da hodisa joyiga yetib borgan va yongʻin soat 09;59 da toʻliq oʻchirilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?