Qashqadaryoda traktor somon ortilgan 3 ta tirkamasiga qoʻshilib yonib ketdi
Foto: Qashqadaryo FVB
Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida traktor, uning 3 ta tirkamasi va unga ortilgan somon bogʻlamlari yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8-iyul kuni soat 14:10 larda qutqaruv xizmatiga Kitob tumani “Mustaqillik” MFY Shahrisabz koʻchasida toʻxtab turgan “T-28” rusumli (traktor) transport vositasida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan voqea joyiga 2 ta yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi jalb qilinib, yongʻin 14:55 larda toʻliq oʻchirilgan. FVBga koʻra, hodisa oqibatida traktor, uning 3 ta tirkamasi va unga ortilgan somon bogʻlamlari toʻliq yongan.
Qoʻshimcha qilinishicha, yongʻin tufayli tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda alanganing kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring