Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Unda investitsiya masalalari koʻrib chiqilmoqda.
Ochiqlik va kuchli investitsiya siyosati natijasida iqtisodiyotimiz barqaror oʻsib kelayotgani taʼkidlandi.
Xususan, 2024-yilda yalpi ichki mahsulot 6,5 foizga oshib, 115 milliard dollarga yetdi, xorijiy investitsiya 1,6 barobar oʻsib, 34,9 milliard dollarni tashkil qildi, qiymati 10 milliard dollarlik 242 ta yirik va oʻrta loyihalar ishga tushdi, eksport ilk bor 27 milliard dollarga chiqdi.
Oʻtgan yili 50 ta tumanga 100 million dollardan koʻp sarmoya kirib keldi (2023-yilda bunday tumanlar 11 ta edi).
Davlatobod, Yangi Namangan, Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor, Shayxontohur tumanlari, Namangan va Samarqand shaharlarida investitsiyalar 300 million dollardan oshgan.
Togʻ-kon, neftgaz, kimyo, qishloq xoʻjaligida reja 2 karra ortigʻi bilan bajarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring