Poytaxtning ikki tumanida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi
Yashnobod hamda Yakkasaroy tumanlarida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqida Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, shu yilning 29-noyabr kuni soat 23:30 larda Yashnobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida, “Tracker-2” rusumli avtomashinasi va skuter mototransport vositalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida jabrlangan skuter haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, shu yilning 30-noyabr kuni soat 22:30 larda Yakkasaroy tumani Bogʻiston-K.Yashin koʻchalari kesishmasida “Lacetti” rusumli avtomashinasi va “Epica” rusumli avtomashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, mazkur YTH natijasida tan jarohat olganlar aniqlanmagan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring