Oʻzbekistondagi MCHJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi
Foto: Illustrativ
Oʻzbekistondagi MCHJlar soni 470 mingtaga yaqinlashdi. Bu haqda Statistika agentligining matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2024-yil 1-sentyabr holatiga tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan korxonalar sonining eng koʻp qismi masʼuliyati cheklangan jamiyatlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,4 % ga oʻsgan. Xususan, hozirda 469 ming 647 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat roʻyxatga olingan.
Statistika agentliging soʻnggi besh yilning mos davrlaridagi dinamikani quyidagicha tariflagan. 2020-yilda MCHJlar soni 267 ming 511 ta tashkil etgan boʻlsa, 2021-yilda 327 ming 951 tani va keyingi yil 368 ming 945 tani tashkil etgan.
Oʻtgan yili bu son 429 ming 124 ni tashkil etgan boʻlsa, 2024-yil holatiga koʻra bu 40 ming 523 taga koʻpaygan.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring