Oʻzbekistonda umraga yuboruvchilar boʻyicha “sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari oʻtkaziladi

13:31 10 Avgust 2025 Jamiyat
302 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekistonda “Umra” xizmatlarini noqonuniy taqdim etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida “sirli mijoz” usuli joriy etiladi. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning tegishli nizomida belgilandi.

Yashirin nazorat tadbirlari litsenziyasiz xizmat koʻrsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslarni barvaqt fosh etish uchun oʻtkaziladi. “Sirli mijoz” tadbiri:

— fuqarolar murojaatlari,

— davlat organlari va tashkilotlar maʼlumotlari,

— OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar,

— “Xavfni tahlil qilish” tizimidan olingan maʼlumotlar asosida tashkil qilinadi.

Tadbir Qoʻmita raisi buyrugʻi bilan amalga oshiriladi va buyruq chiqqan kundan uch ish kuni ichida oʻtkazilishi shart. Unda masʼul xodim yoki ixtiyoriy ravishda jalb qilingan fuqaro mijoz sifatida xizmatga murojaat qilib, litsenziya mavjudligi, shartlari, narxi va toʻlov usullari haqida maʼlumot toʻplaydi. Jarayon davomida foto va video tasvirlar olish mumkin.

Tadbir yakunida dalolatnoma rasmiylashtirilib, bir ish kuni ichida Qoʻmita boʻlinmasiga topshiriladi. 5 ish kuni ichida esa natijalar koʻrib chiqiladi va huquqbuzarlik aniqlansa, qonunchilikka muvofiq choralar koʻriladi.

Qoʻmita natijalar boʻyicha doimiy elektron bazani yuritadi. “Sirli mijoz” tadbiri yuzasidan norozi tomonlar yuqori turuvchi organ yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер