Oʻzbekistonda elektrotexnika eksporti hajmi 1 milliard dollarga yetdi
Illyustrativ foto
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida elektrotexnika sohasida ishlab chiqarish, eksport va investitsiyalarni koʻpaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq tajribali tadbirkorlar ham ishtirok etdi.
Davlat rahbari yaratilgan imkoniyatlar hisobiga soʻnggi yetti yilda sohaga 1 milliard dollar investitsiya kiritilganini taʼkidladi. Natijada 762 ta yangi korxona ishga tushgan, 45 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Ishlab chiqarish hajmi 1,8 barobar oʻsdi, yillik daromadi 100 milliard soʻmdan oshgan korxonalar 6 tadan 25 taga koʻpaydi. Tarmoqdagi korxonalar hisobidan byudjetga tushum 8 barobar oshdi. Mahsulotlarimiz eksport boʻlayotgan davlatlar soʻnggi uch yilda 2 karra oshib, 62 taga yetdi.
Prezident elektrotexnika eksporti 1 milliard dollarga yetgani, toʻqimachilikdan keyingi ikkinchi mahalliy sanoat tarmogʻiga aylanganini taʼkidladi.
Lekin, shu bilan birga smart karta, generator, telekommunikatsiya vositasi, ofis texnikasi kabi yana bir qator elektrotexnika mahsulotlarini oʻzimizda chiqarish imkoniyati borligi koʻrsatib oʻtildi.
Mintaqamizdagi 5 milliard dollarlik bozor imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayotgani qayd etildi.
Prezident hamma davlatlar ichki bozorining himoyasiga qattiq kirishgan sharoitda yagona yoʻlimiz – sifatni taʼminlash va tannarxni tushirish orqali mahsulotimiz raqobatdoshligini oshirish ekanini taʼkidladi. Bunga tarmoqdagi qoʻshilgan qiymat zanjirini kengaytirish orqali erishish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring