Oʻzbekistonda 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi
Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻlladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qoʻmitaning joriy yilning may oyidagi yigʻilishlarida (7-marta) 47 ta masala koʻrib chiqilgan va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilingan.
Unga koʻra, roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 36 ta, xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (2 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (2 ta), mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish (2 ta), mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish (13 ta), toʻlov tashkilotlariga berilgan litsenziyani chaqirib olish (2 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatiga olish (2 ta) hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqish (13 ta) bilan bogʻliq masalalar koʻrilgan.
Shu qatorda kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir 11 ta masala Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari ham muhokama qilingan.
Tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar, yaʼni bank kafolatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning kredit axborotining davlat reyestriga toʻliq yuborilishini taʼminlamaganligi hamda ochiq valyuta mavqei boʻyicha oʻrnatilgan limitlarga amal qilmaganligi uchun 3 ta bank chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirilgan.
Shuningdek, amaldagi qonunchilik va Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan iqtisodiy meʼyorlar talablariga rioya qilinmaganligi hamda aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, 1 ta mikromoliya tashkilotida oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvi natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jamiyatning kreditlash operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati uch oy muddatga cheklangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring