Oʻzbekiston yuqori tezlikda harakatlanuvchi 6 ta elektropoyezd xarid qiladi
Prezidentning “Koreya Eksimbanki ishtirokida “6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va uning tarkibidagi “Temiryoʻlekspress” AJ loyihani oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirish hamda Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi.
“Oʻzmilliybank” AJ Koreya Eksimbanki tomonidan taqdim etiladigan qarzlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi. Koreya Eksimbanki tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa toʻlovlar boʻyicha xarajatlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tarkibidagi “Temiryoʻlekspress” AJ mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot va moliya vaziriga Hukumat nomidan qarzlarni qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berildi.
“Oʻzmilliybank” AJga Koreya Eksimbanki qarzi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring