Oʻzbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qoʻshildi
“Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–177-son, 24.03.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Rasmiy statistika sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshildi.
Ushbu Bitim 2013-yil 31-may kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan.
Davlat statistika qoʻmitasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring