Oʻzbekiston terma jamoasining yanvardagi raqiblari maʼlum
Foto: OʻFA
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yanvar oyidagi yigʻin doirasidagi oʻrtoqlik oʻyinlaridagi raqiblari nomi maʼlum boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
«Mazkur yigʻin FIFA kunlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlardan tashqari, reja asosida tashkil etilgan boʻlib, asosiy eʼtibor futbolchilarni koʻrikdan oʻtkazishga qaratilgan.
Shu bois jamoamiz Xitoy milliy terma jamoasi hamda Armanistonning “Urartu” klubiga qarshi bahslarni mashgʻulot uchrashuvi formatida oʻtkazadi. Mazkur oʻyinlar yopiq eshiklar ortida boʻlib oʻtadi», — deyiladi federatsiya xabarida.
Ushbu oʻyinlar quyidagi sanalarida boʻlib oʻtadi:
• Oʻzbekiston — Xitoy | 26-yanvar
• Oʻzbekiston — “Urartu” | 30-yanvar
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi yigʻini 2-fevral sanasiga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring