Oʻzbekiston Prezidenti huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegramʻdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmonga koʻra, prezident huzurida Iqlim kengashi tashkil etiladi. Iqlim kengashi iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish masalalari boʻyicha prezident huzuridagi eng yuqori maslahat organi hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi doiraviy konvensiyasi va Parij bitimidan kelib chiqadigan Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishi monitoringini yuritish Iqlim kengashining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishiga moslashish milliy markazi Iqlim oʻzgarishi milliy markazi (Iqlim markazi) deb qayta nomlandi.
Ilmiy va akademik salohiyatni oshirish hamda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetida (Green University) Iqlim ilmiy forumi (Iqlim rezidensiyasi) tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring