Osiyo chempionlar ligasi II turniriga qurʼa tashlandi
Videodan kadr
Bugun, 15-avgust kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinadigan Osiyo chempionlar ligasi II turniriga qurʼa tashlandi.
Qitʼada klublar miqyosidagi eng nufuzli ikkinchi turnir hisoblanuvchi ushbu musobaqada Oʻzbekiston sharafini amaldagi milliy kubok sohibi “Andijon” jamoasi himoya qiladi.
Bugun tashlangan qurʼa natijasiga koʻra, Maksim Shaskix boshchiligidagi jamoa Qatarning “Al-Ahli”, Turkmanistonning “Arqadagʻ” va Bahraynning “Al-Xaldiya” klublari bilan bir qatorda V guruhidan oʻrin oldi.
Maʼlumki, ushbu turnirda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Al-Nasr” jamoasi ham ishtirok etadi. Ushbu jamoa Tojikistonning “Istiqlol”, Iroqning “Al-Zavra” va Hindistonning “Goa” klublari bilan bir guruhga tushdi.
Quyidagi surat orqali qurʼa natijalari bilan toʻliq tanishishingiz mumkin:

Eslatib oʻtamiz, turnirning guruh bosqichi 16-sentyabr sanasidan start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring