Oliy Majlis Senatida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

19:14 01 Dekabr 2025 Jamiyat
250 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

“Fuqarolik jamiyati haftaligi” doirasida Oliy Majlis Senatida navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Uchrashuvda Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha qonunchilikdagi oʻzgarishlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi oʻrni yuzasidan fikr almashildi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov chiqishida taʼkidlaganidek, bugungi kunda davlat boshqaruviga jamoatchilikni keng jalb etish, fuqarolar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va nodavlat sektori faoliyati uchun qulay sharoit yaratish demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari esa aholining ehtiyojlarini aks ettiruvchi va davlat bilan jamiyat oʻrtasida koʻprik vazifasini bajaruvchi muhim mexanizmga aylanib bormoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Yangi Oʻzbekiston davrida bu yoʻnalishdagi eng katta yangiliklar Konstitutsiyaviy islohotlar bilan boshlangan. Yangilangan Konstitutsiyada ilk bor fuqarolik jamiyati institutlariga alohida bob ajratildi. Unda nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalla institutlari va ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlandi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shuningdek, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida ham davlat boshqaruvini xalqqa xizmat qilishni taʼminlashga yoʻnaltirish, jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida belgilab qoʻyilgan. Mamlakat tarixida ilk marta 2021–2025-yillarga moʻljallangan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining qabul qilinishi ham bu boradagi islohotlarning izchil davom etayotganidan dalolat berib turibdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Tadbirda fuqarolik jamiyati institutlarining millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlashdagi oʻrni alohida qayd etildi. Savol-javoblar jarayonida NNT faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, jamiyatda fuqarolik faolligini oshirish va jamoaviy hamkorlikni kuchaytirishga oid takliflar bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?