Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsen qatnashayotgan turnirda 2,17 milliard soʻm uchun kurash olib boradi
Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning navbatdagi musobaqasi aniq boʻldi. Hamyurtimiz 2025-yil 2–6-iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida oʻtkaziladigan “SuperUnited Rapid & Blitz Croatia” musobaqasida ishtirok etadi. Bu haqda “Chess.com” xabar bermoqda.
Ushbu musobaqa jahon shaxmatining yetakchi ustalari ishtirok etadigan nufuzli tadbirlardan biri sanaladi. Unda Nodirbek Abdusattorovdan tashqari, quyidagi shaxmatchilar ham qatnashadi:
— Magnus Karlsen (Norvegiya)
— Fabiano Karuana (AQSH)
— Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston)
— Alireza Firudja (Fransiya)
— Gukesh Dommaraju (Hindiston)
— Uesli So (AQSH)
— Yan-Kshishtof Duda (Polsha)
— Anish Giri (Niderlandiya)
— Ivan Sharich (Xorvatiya)
Eslatib oʻtamiz, Nodirbek Abdusattorov joriy mavsumda ham jahon shaxmat olamida yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Uning Zagrebdagi ishtirokidan ham yuqori natijalar kutiladi.
Mazkur turnirning mukofot jamgʻarmasi 175 ming AQSH dollarini (taxminan 2,17 milliard soʻm) tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring