Muhim platforma turkiy xalqlarning hamkorligini yanada mustahkamlaydi

11:05 16 May 2022 Jamiyat
710 0

Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar Assotsiatsiyasini taʼsis etilganligi munosabati bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirok etdi.

Shuningdek, matbuot anjumani Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston ombudsmanlari, Turkiya Parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Matbuot anjumanida soʻzga chiqqan Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston ombudsmanlari tomonidan mazkur Assotsiatsiyani taʼsis etilishi bugungi kunda Turkiy tilli davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, matbuot anjumanida ishtirok etgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim mazkur Assotsiatsiya taʼsis etilganligi munosabati bilan barchani tabriklab, dunyoda koʻplab global va mintaqaviy tuzilmalar mavjudligini qayd etib, ushbu platforma turkiy xalqlarning hamkorligini taʼminlash maqsadida tashkil etilganligini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi taʼsis etilganligi esa hamkorlikda olib borayotgan ishlarimizning mantiqiy davomi ekanligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер