Muhiddin Madaminov Shveysariyadagi, Guldona Karimova Shri-Lankadagi shaxmat turnirini yutdi
Oʻzbekistonlik shaxmatchilar Muhiddin Madaminov va Guldona Karimova xalqaro shaxmat turnirlarida gʻolib boʻldi.
Oʻzbekistonning 29-grossmeysteri Madaminov Shveysariyaning Bil shahrida boʻlib oʻtayotgan “Biel Open” turnirida rapid yoʻnalishida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Madaminov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamgʻarib gʻolib boʻldi.
Bundan tashqari, shaxmat boʻyicha qizlar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik qiz gʻolib boʻldi. Guldona Karimova 9 balldan 7 ochko toʻplagan holda birinchi, rossiyalik Galina Mixeyeva (6,5) ikkinchi oʻrinni egalladi. Gʻoliblar uchligini qozogʻistonlik Aydana Madi yakunladi (6,5). Musobaqa Shri-Lankada boʻlib oʻtdi.

Guldona 18 yoshlilar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempioni boʻlibgina qolmay, ayollar oʻrtasida xalqaro sport ustasi (WIM) unvonini ham qoʻlga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring