Mualliflik huquqini buzgan Botir Qodirov shoirga 100 mln soʻmdan ortiq tovon puli toʻlaydigan boʻldi
Illyustrativ foto
Xonanda Botir Qodirov shoir Shamsiddin Sadoiyning (Toʻrayev) mualliflik huquqini buzganligi uchun sud qarori bilan 132 million soʻm miqdorida tovon va maʼnaviy zarar toʻlaydigan boʻldi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning iyun oyida shoir Shamsiddin Toʻrayev tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha Uchtepa tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilishiga chek qoʻyish, yaʼni mualliflik huquqi buzilishi natijasida yetkazilgan maʼnaviy zarar va tovon puli (kompensatsiya) undirish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi kiritilgan.
Sud arizasida “Davlating borida”, “Omonat” va “Tingla doʻstim” nomli sheʼrlar muallifining roziligisiz foydalanilgani va bu bilan unga maʼnaviy zarar yetkazilgani qayd etilgan.
Mazkur daʼvo arizasi boʻyicha fuqarolik ishi koʻrib chiqilib, sudning hal qiluv qaroriga asosan javobgar Botir Qodirovdan daʼvogar Toʻrayev Shamsiddin Xoʻjayevichning foydasiga BHMning 300 barobari yaʼni 112500000 soʻm miqdorida tovon puli hamda 20000000 soʻm maʼnaviy zarar undirilishi belgilandi.
Bundan tashqari, Qodirovga shoirning muallifligidagi qoʻshiqlarni efirga uzatish, ijtimoiy tarmoqlarda va boshqa platformalarda tarqatishni toʻxtatish majburiyati yuklandi.
Taʼkidlash joiz, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring