Mirzaobod qovunlari — Riga bozorlarida

Sirdaryoning Mirzaobod tumanidan Latviyaning » LB » LLC korxonasiga 18 tonna qovun yuborildi. Bu haqda Eksportchilar uyushmasi manbasiga tayanib “Dunyo” AA xabar berdi.
Oʻzbekistonlik dehqonlar yetishtirgan poliz mahsulotlari “Red Pack” korxonasi tomonidan eksportga tayyorlandi.
Mazkur korxona bugungi kunga qadar Yevropa davlatlariga qovun va qovun mahsulotlarini “ROMAS” brendi ostida eksport qilib kelmoqda.
“Red Pack” korxonasi eksport uchun sifatli mahsulotlar yetkazib berish uchun harakat qilmoqda. Ayni paytda korxona Mirzaobod tumanida 4 gektar maydonda 5 milliard soʻmdan ortiq investitsiya evaziga muzlatkich qurishni boshladi.
Hozirgi kunda korxonada Latviya, Germaniya va Belarusga eksport qilish uchun qovunlarning navbatdagi joʻnatmasi qadoqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
- Tanzila Narbayeva “Better Cotton” xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring