Mikro GES qurilishi boshlandi
Baliqchi tumanidagi “Oʻrmonbek” mahallasidan oʻtuvchi “Katta Andijon” magistral kanalida mikro GES qurilishi boshlandi. Loyiha foydalanishga topshirilgach, bir oyda 1 mln kVt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Buning natijasida besh mingta xonadon uzluksiz taʼminotga ega boʻladi.
— Shu kungacha Ulugʻnor va Izboskan tumanlarida shunday GESlar qurilishida ishtirok etdik, — deydi xitoylik investor Li Jun. — Baliqchi tumanidagi ushbu loyihani barpo etishda ham eng avvalo, sifatga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Zero, mikro GES ishga tushirilgach, uzoq yillar davomida aholiga beminnat xizmat koʻrsatishi kerak. 30 mlrd soʻmlik loyiha qurilishi joriy yil yakuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish lozim, 2024 – 2026-yillar mobaynida Andijon viloyatida 790 ta shu kabi GESlarni qurish rejalashtirilgan boʻlib, ayni damgacha 6 ta loyiha foydalanishga topshirildi.
Saminjon HUSANOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring