Mahalliy Kengashlar faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan seminar tashkil etildi
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
2025-yil 27-fevral kuni Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi bilan hamkorlikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar oʻtkazdi.
Tadbirda senatorlar, ekspertlar, mahalliy Kengashlar kotibiyati va doimiy komissiyalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini kuchaytirish, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishda deputatlar ishtirokini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va sohada yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Seminarda Senat tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qoʻllanma va namunaviy tartiblar deputatlarga tanishtirilib, ularning amaliyotdagi ahamiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi. Mutaxassislar hujjatlarni rasmiylashtirishda uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari boʻyicha tavsiyalar taqdim etdi.
Shuningdek, ishtirokchilar oʻz fikr va takliflarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Seminar mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.









Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring