“Knauf Gips Buxoro” Oʻzbekistondagi ustun mavqega ega hisoblangan kompaniya maqomini oldi. Ushbu roʻyxatda yana nechta kompaniya bor?

11:25 30 Iyul 2024 Iqtisodiyot
273 0

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi “Knauf Gips Buxoro” gipsokarton bozorida ustun mavqega ega ekanini bildirdi. Bu haqda Qoʻmitaning matbuot xizmati maʼlum qilgan.

Qayd etilishicha, endi kompaniya ustun mavqe tan olingan kompaniyalar reyestriga kiritiladi va monopol narxlardan foydalanishning oldini olish boʻyicha harakatlarni nazorat qilish majburiyatini zimmasiga oladi.

Xabarga koʻra, gipsokarton mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bozori tahlil qilinganida mazkur shirkatning umumiy ulushi 40 foizdan oshganini aniq boʻlgan va bu kompaniyaning ustun mavqega egaligini aniqlashtirgan.

Shu tariqa qoʻmita “Knauf Gips Buxoro”ni “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunning 13-moddasiga asosan ustun mavqega ega deb topgan.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, “Knauf Gips Buxoro” 2006-yil iyul oyida tashkil etilgan.

Hozirda ustun mavqega ega boʻlgan kompaniya mahsulot yoki moliya bozorida ustun mavqega ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilishi kerak. Hozirda ushbu reyestrda 94 ta kompaniya mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?