XXR raisi Shavkat Mirziyoyevni tugʻilgan kuni bilan qutladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Hurmatli Prezident janoblari!
Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman!
Yaqinda Ostona shahrida boʻlib oʻtgan “Xitoy — Markaziy Osiyo“ ikkinchi sammitida Siz bilan muzokaralar oʻtkazib, Xitoy bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi har qanday sharoitda ham strategik sheriklik munosabatlarini yangi davrda rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini belgilab oldik.
Men Xitoy-Oʻzbekiston munosabatlarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qarataman hamda oʻrtamizda qaror topgan samarali amaliy aloqalar va doʻstlikni yuksak qadrlayman. Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin sammitida hamda Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushidagi Gʻalabasi va Fashizmga qarshi jahon urushidagi Gʻalabasining 80-yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etayotganingiz munosabati bilan Sizni Xitoyda qutlashdan mamnunman.
Sizga mustahkam sogʻlik va farovonlik tilayman!
Si Szinpin,
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring