Xivada Butunjahon yoshlar festivali dunyo yoshlarini birlashtirdi

12:20 01 Iyul 2024 Jamiyat
236 0

Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Qadimiy va navqiron Xivada Oʻzbekiston – Hindiston yoshlar forumi va Markaziy Osiyo – Xitoy yosh iqtidorlar forumi tashkil qilindi. Unda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-maʼrifiy sohalarda yaqin hamkorlik oʻrnatilgan ushbu mamlakatlar yoshlari oʻrtasida oʻzaro aloqalarni mustahkamlash boʻyicha qator taklif va tashabbuslar bildirildi.

Forum doirasida Innovatsiyalar milliy ofisi tomonidan “Barqaror rivojlanish va atrof-muhit innovatsiyalari” mavzusida panel muhokamalar boʻlib oʻtdi. Forum qatnashchilari Xivadagi Ichanqalʼa majmuasining tarixiy obidalari, muzey eksponatlari bilan tanishdi. Teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Sulton Jaloliddin” spektaklini tomosha qilishdi.

— Oʻzbekistonga birinchi bor kelishim, — deydi xitoylik talaba Chjan Xenchji. — Ichanqalʼaning betakror obidalarini koʻrib, oʻzimni ertaklar olamiga tushib qolgandek his qildim. Xivada oʻtkazilgan Markaziy Osiyo – Xitoy yosh iqtidorlar forumida oʻzbek talabalari orasidan koʻplab doʻstlar orttirdim. Samimiy mehmondoʻstlik uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Oʻzbekistonlik tengdoshlarimni Xitoyga taklif qilaman.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?