Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida poytaxtda transport harakati xavfsizligini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish va yoʻl infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda qayd etilganidek, dunyoning koʻplab yirik shaharlarida avtomobillar sonining oshib borishi harakatni tartibga solishda zamonaviy, ilgʻor yondashuvlarni joriy etishni talab etmoqda. Jahon tajribasida metropoliten, jamoat transporti va “Park&Ride” kabi modellardan foydalanish tirbandliklarni kamaytirishda oʻzining yuqori samarasini koʻrsatmoqda.
Qoʻmita majlisida Toshkent shahridagi asosiy muammolar atroflicha koʻrib chiqildi. Jumladan, piyodalar va velosipedchilar uchun xavfsiz infratuzilmaning hali ham yetarli darajada emasligi, ayrim yirik chorrahalarda yoʻl harakatini tartibga soluvchi “aqlli” svetofor tizimlarining toʻliq ishga tushmagani taʼkidlandi.
Shuningdek, Toshkent shahrida transport muammosini hal etishning eng samarali yoʻli sifatida aholining shaxsiy avtomobildan jamoat transportiga oʻtishini ragʻbatlantirish va shaharga kirib kelishda va metro bekatlari atrofida yirik avtoturargohlarni tashkil etishni jadallashtirish lozimligi qayd etildi.
Tadbir ishtirokchilari ushbu masalalar nafaqat tirbandliklarni kamaytirishga, balki piyodalar va haydovchilar xavfsizligini taʼminlashga ham bevosita taʼsir koʻrsatishini taʼkidladi.
Muhokama natijasida Toshkent shahrida transport harakatini optimallashtirish, jamoat transportidan foydalanishni ragʻbatlantirish, “aqlli” svetofor yechimlarini joriy etish va axborot texnologiyalari asosida boshqaruvni kuchaytirishga oid aniq vazifalar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring