Holand “Real Madrid”ga “yoʻq” dedi

“Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Holand kelajagini Ispaniyada davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida yangi xabarlar paydo boʻldi. “Tribuna.com” nashri maʼlumotiga koʻra, norvegiyalik futbolchi La Liganing ikki yirik klubi — “Real Madrid” va “Barselona”dan birini tanlash borasida qaror qabul qilgan.
Manbaga koʻra, Holand “Real” klubining taklifini rad etgan va buning asosiy sababi moliyaviy emas, balki sport nuqtayi nazaridan boʻlgan.
Futbolchining fikricha, “Real Madrid” safida Vinisius Junior va Kilian Mbappe kabi yuqori darajadagi futbolchilar boʻlgan paytda u asosiy tarkibda doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlishiga ishonchi yoʻq. Aynan shu sababli, u yaqin kelajakda madridliklar bilan shartnoma imzolashni istamayapti. Holand raqobat kuchli boʻlgan muhitdan koʻra, oʻzini toʻliq koʻrsata oladigan klubni tanlash tarafdori.
Shu bilan birga, “Barselona” varianti Erling Holand uchun istiqbolli yoʻnalish sifatida qaralayotgani aytilmoqda. U kataloniyaliklar safida hujum chizigʻining asosiy yetakchilaridan biriga aylanishni va klubda oʻzining chinakam salohiyatini namoyish etishni istaydi. “Tribuna.com” manbasiga koʻra, Holandning “Barselona”ga ehtimoliy transferi 2026-yil yozida amalga oshishi mumkin.
Maʼlumotlarga koʻra, “Barselona” prezidenti Joan Laporta futbolchini jamoaga olib kelishni istamoqda va bu yoʻnalishda faol harakatni boshlagan. Shunga qaramasdan bu transferning amalga oshishi uchun kataloniyalik klub moliyaviy barqarorlikka erishishi va kamida 175 million yevro miqdoridagi transfer mablagʻini tayyorlashi lozim boʻladi. Aks holda, “Manchester Siti” rahbariyati bilan kelishuvga erishish qiyin boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring