Hokimliklar va soliq idoralari tadbirkorlarni tekshirish bilan qoʻrqitgan yoki korrupsiyaga majburlagan – Soʻrovnoma natijasi

11:30 17 Dekabr 2020 Jamiyat
1342 0

“Tadbirkorlar korrupsiyaga koʻproq qaysi jarayonlarda duch kelgan?”, “ Tadbirkorlikning erkin rivojlanishi, biznesda barcha uchun teng imkoniyat va sharoit yaratishga toʻsqinlik qiluvchi holatlar Qaysi sohalarda uchramoqda?” singari savollarga javob topish maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazildi.

Soʻrovnoma 2020-yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tadbirkorlar oʻrtasida Palataning rasmiy telegram kanali orqali tashkil etildi.

Oʻtkazilgan soʻrov davomida Oʻzbekistonning barcha viloyatlaridan 1267 nafar tadbirkor ishtirok etdi. Ishtirokchilarning asosiy qismi Samarqand (20%), Fargʻona (17%), Andijon (14%), Toshkent (11%) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Ularning deyarli uchdan bir qismi (31 %) 10 yildan ortiq, 40 foizi bir yildan uch yilgacha boʻlgan muddatda tadbirkorlik bilan shugʻullanib kelmoqda.

Soʻrov davomida tadbirkorlardan korrupsion holatga toʻqnash kelgani yoki kelmagani soʻraldi. Respondentlarning 69 foizi korrupsion holatga koʻp marotaba, 9 foizi bir marotaba toʻqnash kelganligini taʼkidlagan boʻlsa, 22 foiz tadbirkorlar umuman duch kelmaganligini bildirgan.

Unda tadbirkorlarga “Qaysi davlat organi mansabdor shaxslari faoliyatingizni tekshirish, oʻrganish bilan qoʻrqitish yoki masalangizni hal etishda korrupsion munosabatga kirishishga majbur qilgan?” savoli boʻyicha ham murojaat qilingan.

17 foiz tadbirkorlar bu savolga hokimlik, 17 foizi soliq idoralari, 13 foizi kadastr xizmati idoralari, 7 foizi sanitariya-epidemiologiya xizmati, 7 foizi banklar, 6 foizi prokuratura organlari deya javob qaytarishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер