Har bir qarich yerdan unumli foydalanilmoqda

10:50 13 Yanvar 2025 Jamiyat
187 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Xabaringiz bor, 2024-yil 28-noyabr kuni davlatimiz rahbari raisligidagi oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida fermer xoʻjaliklarining dala chetlari, kollektor va drenajlar atrofidan foydalanish imkoniyati boʻlsa-da, foydalanilmasdan qolayotgan yerlar mavjudligi xususida soʻz yuritilib, bu borada amalga oshirilishi muhim boʻlgan vazifalar yuzasidan koʻrsatmalar berilgandi.

— Shundan soʻng tumanimizda samarali ishlar boshlab yuborildi, —deydi Jalaquduq tumani hokimi Hikmatillo Latipov. — Xususan, dala chetlaridan unumli foydalanishni tizimli tashkil etish boʻyicha aniq reja ishlab chiqildi. Unga muvofiq mavjud 700 kmdan iborat zovur boʻylarining 280 kmda oʻrdakchilikni rivojlantirish rejalashtirilgan boʻlib, hozir bu borada 22 ta loyiha ishlariga kirishildi.

Shuningdek, uzumchilik, parrandachilik, baliqchilik yoʻnalishida ham istiqbolli loyihalarga qoʻl urildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?