Gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi – Alisher Qodirov
Deputat Alisher Qodirov yashil energetikaning istiqbollari haqidagi postida gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmasligini bildirdi. “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari bu haqda oʻzining “Telegram” kanalida yozib qoldirgan.
“Gaz qimmat resurs, 1 kub gazdan 10 ga yaqin yuqori qiymatli, eksportbop mahsulot ishlab chiqarish, xorijga sotish va uning puliga millionlab qorakoʻzlarimizga ish oʻrni yaratish mumkin”, — deydi deputat.
Bundan tashqari, partiya rahbarining fikricha, milliardlab kub gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqning kosasi oqarmaydi.
Shuningdek, Qodirov, yangi quriladigan uylarda energiya manbasi sifatida faqat elektr energiyasini ragʻbatlantirish taklifini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan.
Qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan ipoteka dasturi doirasida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun rejalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishida “yashil energetika” boshqa soha va tarmoqlar jadal rivoji, aholi turmush darajasi yaxshilanishi uchun yangi drayverga aylanayotgani aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring