Eron va Isroil qoʻshinlarining jangovar salohiyati solishtirildi

11:16 17 Iyun 2025 Dunyo
529 0

Eron va Isroil armiyalarini solishtirish qiyin, lekin har ikki tomonning ijobiy va salbiy tomonlari aniq, deydi harbiy ekspert Oleg Glazunov.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, Isroil armiyasining inkor etib boʻlmaydigan afzalliklari orasida zamonaviy qurol-yarogʻlar va turli xil harbiy operatsiyalarni oʻtkazish boʻyicha katta tajribani qayd etish mumkin. Chunki bu davlat tashkil topgan — 1948-yildan beri urishib keladi va yaxshi tashkil etilgan harbiy razvedkaga ega.

“Eron armiyasi ham katta jangovar tajribaga ega va Turkiya bilan bir qatorda eng jangovar armiyalardan biri hisoblanadi”, — deydi Glazunov. Ekspertning qoʻshimcha qilishicha, Eron uzoq vaqtdan beri jang maydonida uchuvchisiz samolyotlar va ballistik raketalardan foydalanib keladi va ulardan juda koʻp.

“Ammo Isroilda bitta minus bor. U uzoq davom etadigan urushga tayyor emas va bardosh bera olmaydi. Agar keng koʻlamli harbiy harakatlar boshlansa, Eron uzoqroq chidashi mumkin. Isroil esa AQSH yoki boshqa ittifoqchilarning yordamiga muhtoj boʻladi. Shuning uchun bu yerda ikkala davlat armiyasining jangovar tayyorgarligini solishtirmagan boʻlardim”, deya xulosa qiladi Glazunov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?