Eron AQSH bilan yadro dasturi boʻyicha muzokaralar olib borishi maʼnisiz — Eron TIV rasmiy vakili

14:01 16 Iyun 2025 Dunyo
279 0

Illyustrativ foto

Isroilning Eron hududiga hujumlari fonida AQSH bilan yadro dasturi boʻyicha muzokaralarni olib borish maʼnisiz. Bu fikrlarni Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bagʻaiy aytib oʻtdi.

“Boshqa tomon muzokaralarni maʼnisiz qilgan ish qildi. Siz bir vaqtning oʻzida muzokaralarni eʼlon qila olmaysiz va [Isroilga] Eronning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilishiga yoʻl qoʻya olmaysiz”, — deydi diplomat.

Uning soʻzlariga koʻra, AQSH ruxsatisiz Eron hududiga hujum uyushtirilishini tasavvur qilib boʻlmaydi. Isroil oʻz zarbalari bilan diplomatik jarayonga taʼsir oʻtkazmoqchi boʻlgan va oʻz maqsadiga erishgan koʻrinadi.

Eron prezidenti Maʼsud Pezeshkiyon esa Isroilning Eronga zarba berishida AQSHni aybladi.

“AQSH, xalqaro huquqning barcha meʼyorlariga zid ravishda, Isroilning tajovuz qilishiga va mamlakatimizning qulashiga yoʻl qoʻymoqda”, — dedi u. Pezeshkiyonning qoʻshimcha qilishicha, Isroilning Eronga qarshi tajovuzi uchun javobgarlik AQSHni zimmasida.

Bir kun avval AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Isroilni Eronga hujumida aloqasi yoʻqligini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?