Duatlon: eng kuchlilar ma’lum bo‘ldi

Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida duatlon bo‘yicha turli yosh toifalarida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 250 nafar sportchi raqobatlashdi.
Musobaqada ishtirokchilar 20 kilometr velopoyga va 3 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha bahs olib bordi. Unda erkaklar orasida Viktor Zemsev, Andrey Sharipov va A’zamjon Qodirov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida Viktoriya Morozova, Diana Valiyeva hamda Sevara Choriyeva shohsupaga ko‘tarildi.
Shuningdek, 13-15 yosh toifalaridagi bahslarda Mubinaxon Botirova, Salohiddin Fayzullayev, 10-12 yoshdagilar o‘rtasida Mohigul Akbarjonova, Abzal Abdurazzoqov, 7-9 yoshlilar bahsida Madina Abdufattohova hamda Makar Panasyuk mamlakat chempioniga aylandi.
G‘olib hamda sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
- Tanzila Narbayeva “Better Cotton” xalqaro tashkiloti bosh direktori Alan Makkley bilan uchrashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring