Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi monitoring qilinadi

Hukumat qarori bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
▪️masofadan monitoring qilish asoslari;
▪️masofadan monitoring qilish tartibi va muddatlari;
▪️masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va koʻrib chiqish;
▪️masofadan monitoring qilish yakuni boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan taʼsir choralarini qoʻllash.
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi.
Masofadan monitoring qilish rejali va rejadan tashqari asoslarda oʻtkaziladi.
Agentlik davlat organlari va tashkilotlarini masofadan monitoring qilish boshlanganligi yoki oʻtkazilayotganligi haqida oldindan ogohlantirmaydi (xabardor qilmaydi).
Masofadan monitoring qilish yakuni (natijasi) boʻyicha qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Maʼlumotnomada qayd etilgan qonunchilik hujjatlarining buzilishi Agentlikning huquqiy taʼsir hujjati shaklida monitoring qilingan davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.
Huquqiy taʼsir hujjati davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan sanadan eʼtiboran 10 kun muddatda koʻrib chiqilishi va natijasi boʻyicha Agentlikka yozma axborot berilishi shart.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring