“Cobalt”, “Damas” yoki “Lacetti-Gentra”… Qaysi biri Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgan
Statistika agentligi 2024-yilning yanvaridan avgustgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning soni haqidagi axborotni ochiqladi. Bu haqda Agentlikning axborot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni 260 ming 191 tani tashkil etadi.
Eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil “Cobalt” boʻlib, jami 102 ming 052 dona boʻlgan. Bundan tashqari, “Damas” ham koʻp ishlab chiqarilgan boʻlib, 59 ming 545 ta zavoddan chiqqan.
Keyingi oʻrinlarda “Tracker” (27 454), “Onix” (21 607), “Lacetti-Gentra” (12 837), “KIA” (12 795), “Chery” (5 190), “Haval” (1 390) va maxsus yengil avtomobillar (17 321) turadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring