Bilim va tajriba uygʻunligi: sholikor fermerlar uchun 36 soatlik oʻquv mashgʻulotlari boshlandi
Toshkent viloyati hokimi tashabbusi bilan Toshkent davlat agrar universitetida viloyat sholikor fermerlari uchun 36 soatlik maxsus oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan ushbu dasturdan koʻzlangan asosiy maqsad qishloq xoʻjaligida zamonaviy va samarali yondashuvlarni joriy etish, xususan, sholichilik tarmogʻida yuqori hosildorlikka erishish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashdir.
Mashgʻulotlar davomida sohaning yetuk mutaxassislari va tajribali olimlar tomonidan dolzarb mavzularda maʼruzalar taqdim etilmoqda. Xususan, suv tejovchi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, jahon tajribasi asosida sholi yetishtirishning ilgʻor usullari, zamonaviy agrotexnik tadbirlar, shuningdek, sholi ekinlarida uchraydigan zararkunanda va kasalliklarga qarshi samarali kurash choralari haqida atroflicha maʼlumotlar berilmoqda.
Tadbirning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, tinglovchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tavsiyalarga ham ega boʻlib, ularni oʻz xoʻjaliklarida qoʻllash imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Bu esa sholichilik sohasida raqobatbardosh va barqaror ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Oʻquv mashgʻulotlari yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring