Ayollar Osiyo chempionatining “B“ guruhidan oʻrin olgan ikkinchi oʻyin yakunlandi

17:09 03 Mart 2026 Sport
1007 0

Kecha, 2-mart kuni Avstraliyada ayollar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionati musobaqasi start olgandi.

Bugun musobaqaning “B“ guruhidan oʻrin olgan bahslar boʻlib oʻtdi. Kunning birinchi yarmida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi termasiga 3:0 hisobida yutqazgandi.

Guruhning ikkinchi oʻyinida esa Xitoy terma jamoasi Bangladesh ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyinda kiritilgan gollarga Van Shuan va Jian Ru I mualliflik qildi.

Shu tariqa birinchi turdan keyin Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz guruhida soʻnggi oʻrinni egallab turibdi. Kotrina Kulbite boshqaruvidagi jamoa keyingi oʻyinini Xitoyga qarshi oʻtkazadi.

Maʼlumot uchun, musobaqaning chorak finaliga har bir guruhda birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar, shuningdek, eng yaxshi natijaga ega boʻlgan 2 ta uchinchi oʻrin sohiblari yoʻl olishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?