Atmosferaga zarar yetkazayotgan 18 ta obyekt faoliyati vaqtincha toʻxtatildi
Kecha, 24-noyabr kuni atrof-muhit xavfsizligini taʼminlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda atmosfera havosini ifloslantirishga qarshi kurashish maqsadida ekologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi.
Bildirilishicha, mazkur ekologik nazorat tadbirlari Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlari, shuningdek, Toshkent shahrida tuzilgan 4 ta tezkor guruh tomonidan amalga oshirilgan.
Reyd davomida jami 103 ta korxona va iqtisodiy faoliyat yurituvchi obyektlar tekshirilib, ularning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga qay darajada rioya qilayotgani oʻrganilgan.
Mazkur oʻrganishlar natijasida 38 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan jami 34,8 million soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllanilgan. Shuningdek, atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatgan va qonun talablarini buzgan 18 ta obyekt faoliyati 10 kunga vaqtincha toʻxtatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring