Andijonda yot gʻoyalar taʼsiriga tushgan bir guruh yoshlar qoʻlga olindi
Videodan kadr
Andijon viloyatida xalqaro terror guruhi taʼsirida Suriyaga chiqib ketmoqchi boʻlgan 13 nafar shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shahrixon tumani Saroy mahallasida yashovchi 2008-yilda tugʻilgan shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maʼruzalarni tinglashi oqibatida Suriyadagi “Ahli sunna val jamoa” nomli terroristik tashkilot taʼsiriga tushib qolgan. U tashkilot aʼzolarning targʻibotchilari bilan aloqada boʻlib, yashash manzilida jamoat tuzib harakatlanishini va ularning buyruqlarini bajarishi yuzasidan topshiriq olgan.
Topshiriqqa asosan Instagram ijtimoiy tarmogʻida “Al garib” nomli profil ochib, buyruqqa asosan terroristik tashkilot media markazi tomonidan tayyorlangan video, audio materiallarni joylashtirgan.
Bu ham yetmagandek, u oʻzi bilan tengdosh boʻlgan Ulugʻnor va Shahrixon tumanlarida yashovchi 2006–2009-yillarda tugʻilgan 13 nafar yigitdan iborat boʻlgan “Axilar” nomli virtual jamoatga aʼzo boʻlib, jamoat aʼzolari bilan jihod va hijrat qilish mavzulari hamda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining daʼvat va chaqiriqlarini muhokama qilib kelgan.
Aniqlanishicha, ular keyinchalik Suriyaga chiqib ketishini rejalashtirishgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tadbirlar natijasida mazkur jamoat faoliyatiga chek qoʻyilib, 13 nafar yoshlarning chet elga chiqib ketishi oldi olingan.
Holat yuzasidan jamoat aʼzolariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring