Электрон платформа, онлайн кузатув тизими каби замонавий технологияларнинг татбиқи хизмат кўрсатиш сифати сезиларли даражада яхшиланишига сабаб бўлди.
Andijon viloyatida suyultirilgan gazni aholiga yetkazib berish jarayonlariga raqamlashtirish tizimi joriy etilmoqda. Elektron platforma, onlayn kuzatuv tizimi kabi zamonaviy texnologiyalarning tatbiqi xizmat koʻrsatish sifati sezilarli darajada yaxshilanishiga sabab boʻldi. Ayniqsa, suyultirilgan gaz tarqatishda tezkorlik, adolatli navbat, shaffof hisob-kitob va isteʼmolchi murojaatlariga javobgarlik oshgani kuzatilmoqda. Raqamli nazorat tizimi orqali chilangarlar faoliyati, avtotransport harakati, gaz ballonlarining toʻldirilishi va yetkazilishi toʻliq monitoring qilinayotir.
— Viloyatdagi 776 mahallada yashovchi 494 ming 586 nafar isteʼmolchiga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda, — deydi “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali axborot xizmati rahbari Akmaljon Xoliqov. — Yil boshidan buyon 94 ta maxsus avtotransport vositalari orqali 74 ming tonnadan ortiq gaz tarqatildi. Face ID va NFC tizimlari orqali esa sentyabr oyidan buyon 18 ming 182 tonna gaz yetkazilgan. Faoliyatning raqamlashtirilishi nafaqat soha taraqqiyotiga xizmat qilmoqda, balki isteʼmolchilarga sifatli xizmat koʻrsatish darajasini ham oshirmoqda.
Gaz taʼminoti tizimidagi raqamli yondashuvlar qish mavsumida aholini uzluksiz gaz bilan taʼminlash, noqonuniy aralashuvlarning oldini olish va resurslarni tejamkor tarzda boshqarishda muhim omilga aylanmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring