Alonso “Atletik Bilbao“ga qarshi oʻyindan keyin ishdan boʻshatilishi mumkin

10:53 02 Dekabr 2025 Sport
133 0

“Real Madrid“ jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso La Liga 15-turidan oʻrin olgan “Atletik Bilbao“ga qarshi oʻyindan soʻng ishdan boʻshatilishi mumkin. Bu haqida “FourFourTwo” nashri xabar berdi.

Unga koʻra, “Real Madrid“ yulduzlari Xabi Alonsoning oʻyin uslubidan norozi hamda rahbariyatga murabbiy va futbolchilar oʻrtasida tanlov qilish masalasini koʻtargan.

Madrid klubiga yaqin manbalar xabar berishicha, Florentino Peres bu borada allaqachon tanlov qilib boʻlgan va yakunda Xabi Alonso ishdan ketishga yaqin. Shuningdek, klub yulduzlari jamoa bosh murabbiyligiga Zinedin Zidan kelishini xohlashmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Xabi Alonso mavsum boshida “Real Madrid“ klubini qabul qilib olgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?