Ayrim tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarsiz roʻyxatdan oʻtkaziladi
Illyustrativ foto
Adliya vazirligida “Tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Nizomga koʻra, quyidagi tibbiy jihozlar klinik tadqiqotlarsiz davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:
• xavfsizlik klassifikatsiyasi boʻyicha I sinfga mansub tibbiy jihozlar;
• Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), JST bilan hamkorlikda roʻyxatdan oʻtkaziladigan “In vitro” tashxis tibbiy jihozlari;
• Oʻzbekistonda klinik tadqiqotlari oldin oʻtkazilgan tibbiy jihozlar.
Qayd etilishicha, klinik tadqiqotlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror Markaz tavsiyasi asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Shuningdek, klinik tadqiqotlar tibbiy jihozning xavfsizlik darajasidan kelib chiqib, kamida 20 nafar klinik tadqiqot subyekti jalb etilgan holda oʻtkazilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring