Afgʻonistondagi zilzila oqibatida 20 kishi halok boʻldi, 300 dan ortigʻi jarohatlandi
Afgʻonistonda sodir boʻlgan kuchli zilzila oqibatida kamida 20 kishi halok boʻldi, 300 dan ortiq odam jarohatlandi, deya xabar bermoqda “Reuters” mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib.
Samangon viloyati hokimiyati maʼlum qilishicha, zilzila togʻ koʻchishiga sabab boʻlgan. Natijada Balx—Samangon yoʻlining Toshqoʻrgʻon darasidan oʻtuvchi qismi toʻliq yopilib qolgan.
Zilzila oqibatida Mashhur “Koʻk masjid” (Blue Mosque) joylashgan Mozori Sharif shahri ham zarar koʻrdi. Xavfsizlik xizmati xodimlarining aytishicha, masjidning ayrim koshinlari va minoralari qulab tushgan, biroq gumbaz ichki qismi va asosiy ustunlarga jiddiy putur yetmagan.
Yevropa–Oʻrta yer dengizi seysmologiya markazi maʼlumotiga koʻra, 6,3 magnitudali zilzila kecha tunda Afgʻoniston markazida qayd etilgan.
Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi zilzila epitsentri Samangon hududida joylashganini maʼlum qildi.
Zilzila tebranishlari nafaqat Oʻzbekistonda, balki Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Eron va Hindistonda ham sezilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring