Adliya vazirligi vakillari davlat xizmatlari koʻrsatish sohasi boʻyicha Koreya tajribasi bilan tanishmoqda

18:44 02 Oktyabr 2023 Siyosat
417 0

Ayni damda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshligʻi S.Abdullayev Koreya Respublikasining Seul shahrida “Davlat boshqaruvida innovatsiyalarni rivojlantirish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida tanishuv tashrifida ishtirok etmoqda.

Astana HUB doirasida tashkil etilgan tadbirda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonga mamlakatda raqamli transformatsiya sohasida amalga oshirilayotgan innovatsion amaliyotlar bilan tanishish va Koreya tashkilotlaridan mamlakatning raqamli transformatsiya jarayoni uchun muhim boʻlgan mahsulot va xizmatlarni taqdim etish boʻyicha tajriba almashish rejalashtirilgan.

Seminar davomida davlat boshqaruvining raqamli platforma modeli, Koreya raqamli hukumatining soʻnggi tashabbuslari va ularni amalga oshirish usullari bilan ham tanishiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?