100 grammli oltin quymalari sotuvga chiqariladi
Markaziy bank aholining investitsiya va jamgʻarish imkoniyatlarini yanada oshirish hamda qimmatbaho metallar muomalasini kengaytirish maqsadida yangi, oʻlchovli oltin quymalarini sotuvga chiqaradi, deyiladi Markaziy bank xabarida.
Unga koʻra, 17-yanvardan boshlab 5, 10, 20, 50 grammli oʻlchovli oltin quymalarga qoʻshimcha ravishda ogʻirligi 100 gramm boʻlgan oltindan tayyorlangan oʻlchovli quymalar ham tijorat banklari orqali sotuvga chiqarilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajarib oʻz seriya raqamiga ega boʻladi. Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida quyma egasiga toʻlovni amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.
Shuningdek, qadogʻi buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekspertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng toʻlov toʻlab beriladi.
Qadogʻi but holatdagi oltin quymalarni Oʻzbekiston hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uchun, oʻlchovli quymalarning 17-yanvar holatidagi sotuv narxlariga qaraydigan boʻlsak, yangi turdagi 100 grammli oltin quymasining narxi 116 million 603 ming soʻmni tashkil qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring