Ertaning xushnud umidi

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitida belgilangan chora-tadbirlarda taʼminotchi korxona va tashkilotlar oldiga aholining oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlanishi doimiy nazoratga olinishi, hamda narx-navo barqarorligi ustuvor tutilgan edi.

11:29 26.05.2020
Xalq qabulxonalari tomonidan ishsiz yoshlar bandligi taʼminlanmoqda

Maʼlumki mamlakatimizda yoshlar muammolarini chuqur oʻrganib, ular bandligini taʼminlash yuzasidan yil boshidanoq amaliyotga keng tatbiq etib kelinayotgan yangi gʻoyalar, bir qator tashabbus va loyihalar yuqori samara bermoqda. Buni Buxoro viloyatining eng chekka hududi sanalgan Qorovulbozor tumani misolida yaqqol koʻrish mumkin....

18:30 25.05.2020
Oltinkoʻlliklar mavsumga shay

Bugun qishloq xoʻjaligi xodimlari katta mavsum ostonasida turibdilar. Hademay, bugʻdoy oʻrimi boshlanadi. Oltinkoʻl tumanida ham 4 ming 210 gektar maydonda bugʻdoy parvarishlandi.

15:38 25.05.2020
Sobiq mahkum: Hali bunaqasi boʻlmagan va hecham kutmagan edik

Bayram kuni Navoiy viloyati IIB boshligʻining rahbarining viloyatda afv etilgan fuqarolari xonadoniga tashrif buyurib, ularning turmush sharoitidan xabar olishi, oila aʼzolariga bayram ulashish maqsadida roʻzgʻorlari uchun oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etishi sobiq mahkumlar koʻnglida ham insonparvarlik uchqunlarini yana-da olovlantirdi.

01:41 25.05.2020
“ Sizga hayitlik olib keldik”

Namangan viloyati ahli ham ezgu amallar oyi boʻlgan Ramazonni munosib yakunlamoqda. Bunda sadaqa va xayru ehsonlarning savobi yana-da koʻp, ajri ulugʻ boʻlishiga eʼtibor qaratilib, joylarda yolgʻiz keksalar, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalar, nogironlar, bemorlar xolidan har qachongidan koʻp xabar olindi....

10:43 23.05.2020
Klasterlar va “Ekobozor”lar tizimi boʻyicha Ekopartiya fraksiyasi nima demoqchi?

Yaqinda Oʻzbekiston Ekologik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi Oʻzbekistonda klasterlar va “Ekobozor”lar tizimini rivojlantirish boʻyicha chuqur tahlillarga asoslangan oʻrganishlar oʻtkazdi. Shulardan kelib chiqib, fraksiya oʻz takliflarini ishlab chiqdi.

04:11 23.05.2020
Organik qishloq xoʻjaligi tizim muammolarini bartaraf etadi

Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning yetakchi sohalaridan biri boʻlgani bois uni izchil rivojlantirish doimiy eʼtiborda turibdi. Xususan, agrar tarmoq imkoniyatlaridan keng foydalanish, ayniqsa, eksport salohiyatini oshirish iqtisodiy taraqqiyot kun tartibidagi asosiy masalalardan biriga aylangan, desak mubolagʻa emas.

04:03 23.05.2020
Pillakorlar uchun 12 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ tarqatildi

Soʻnggi yillarda respublikamizda pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlarini kengaytirish, shuningdek, pillachilik tarmogʻi korxonalarining eksport va investitsiya faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

22:28 22.05.2020
Senat Raisi Kattaqoʻrgʻon shahrini ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish ishlari bilan tanishdi

Bugun, 21-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahriga tashrif buyurdi.  Turli vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat 33 nafar Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan obyektlar oʻrganilgan. Oliy Majlis Senati Raisi, Ishchi guruh raisi T.Narbayeva ushbu ishlar bilan...

23:51 21.05.2020
Agrar sohani barqaror rivojlantirishda fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi qanday rol oʻynaydi?

Toshkent davlat agrar universitetida professor-oʻqituvchi va yosh olimlarning III onlayn ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Mazkur anjuman “Agrar sohani barqaror rivojlantirishda fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi“ mavzusiga bagʻishlandi. Zero, bu yoʻnalish “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili“ mazmun-mohiyatiga ham toʻla...

22:22 21.05.2020
Fuqarolarga zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi

Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva oʻzi saylangan Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 25-saylov okrugida aholi muammolarini bartaraf etish yuzasidan aniq tizim yoʻlga qoʻyilgan. Bu borada tuzilgan maxsus shtab bilan doimiy ravishda ish olib borilmoqda.

13:53 21.05.2020
Markaz ijtimoiy koʻmakka muhtoj qariyb 85 mingta oilaga koʻmak berdi(video)

Poytaxtimizdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi oʻz ishini yakunladi. Xoʻsh, u nimalarni amalga oshirdi?

10:19 21.05.2020
Bozorlardagi narx-navo: Piyoz 500 soʻmdan 3 000 soʻmgacha sotilmoqda

Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus” navli guruch 4 000 soʻm).

09:09 21.05.2020
Turizm sohasida xizmat koʻrsatishga oid yangi talablar joriy etiladi

Mamlakatimizda turizm sohasi va obyektlarida xalqaro xavfsizlik standartlarini joriy qilish, sohada yuqori sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlashga doir faoliyatni takomillashtirish rejalashtirilgan.

21:00 20.05.2020
Yengilliklarning ayni mavridi

Koronavirus pandemiyasi butun xalqlar va millatlar boshiga murakkab bir sinovlar davri boʻlib kirdi. 20-may holatiga koʻra, uni yuqtirganlar soni jahonda qariyb 5 million kishiga yetdi. Vafot etganlar 325 ming nafardan, tuzalganlar esa salkam 2 million kishidan oshdi. Albatta, bu vaziyatda...

14:21 20.05.2020
Romitanda 1 ming 400 tadan ziyod kambagʻal oila bor

Buxoro viloyati Romitan tumanida 160 mingdan ziyod aholi istiqomat qilyapti. Tuman hokimligi tomonidan oʻrganilganida 1 ming 423 ta oila moddiy yordamga muhtojligi, kambagʻalligi aniqlandi.

13:52 20.05.2020
OAVda tarqalgan xabarlarga nisbatan Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining RASMIY MUNOSABATI

Ommaviy axborot vositalari hamda turli ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Oqqoʻrgʻon tuman boʻlinmasi huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarining shu ishga masʼul shaxslar tomonidan bemaqsad sarf etilganligiga oid xabarlar butun tizim xodimlari, soha fidoyilarini qattiq tashvishga...

10:23 20.05.2020
Qarish jarayonini tezlashtiruvchi mahsulotlar maʼlum qilindi

Ispaniyaning Navarra universiteti tadqiqotchilari qarishga olib keladigan mahsulotlarni maʼlum qilishdi.

23:11 19.05.2020
Elga xizmat qilgan kishi baraka topadi

Samarqandlik deputatlar “Saxovat va koʻmak” harakati doirasdagi ishlarni nazorat qilish barobarida, oʻz saylovchilarini doimiy ish bilan taʼminlashga ham hissa qoʻshmoqdalar.

16:45 19.05.2020