Koronavirus haqida bilimlarni test sinovidan oʻtkazib, QR-kodli sertifikatga ega boʻlish mumkin

Innovatsion rivojlanish vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi mutaxassislari hamkorligida, shuningdek “Shohruh dastur hosting” MCHJ ishtirokida COVID-19 koronavirusi boʻyicha e-sertifikat.uz domenida onlayn test dasturiy taʼminoti ishlab chiqildi.

13:05 20.05.2020
Karantinda saqlangan 181 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon HUSANOV/Andijon. Bugun Andijon viloyatidagi karantin zonalaridan birida nazorat uchun saqlangan 181 nafar fuqarolarga oʻz uylariga ruxsat berildi. Ularning barchasi viloyatimizga Qirgʻiziston Respublikasidan kirib kelganligi bois 14 kunlik muddat mobaynida karantin holatida boʻldilar. Fuqarolarda koronavirus infeksiyasi aniqlanmaganligi...

10:49 20.05.2020
Termiz xalqaro aeroporti karantin davridagi dastlabki ichki reysni qabul qildi 

Bugun 20-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:50 da Termiz xalqaro aeroporti karantin davridagi dastlabki ichki reysni qabul qildi. 36 nafar yoʻlovchi “Toshkent – Termiz” yoʻnalishi boʻyicha parvozni amalga oshirdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

10:13 20.05.2020
Maktablarda yakuniy imtihonlar bekor qilindi

Maktablarda yakuniy imtihon bekor qilinib, yillik baholarini istisno tariqasida joriy oʻquv yilining 3 ta chorak baholari asosida chiqariladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʻlimi vaziri Sherzod Shermatov telegramdagi shaxsiy sahifasida maʻlum qildi.

23:33 19.05.2020
Bugun Oʻzbekistonning qaysi hududlarida koronavirus bilan kasallanganlar aniqlandi?

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bugun — 19-may kuni mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni yana 64 nafarga koʻpaydi va shu tariqda infeksiyasi qayd etilganlar soni 2855 nafarga yetdi.

23:21 19.05.2020
Dunyoda koronavirus. Fransiyada ochilgan maktablar yana yopildi va boshqa yangiliklar

— Fransiyada karantindan keyin ochilgan 50dan ortiq maktab qayta yopildi. Ularda kasallikka chalinish bilan bogʻliq yangi holatlar aniqlandi.

22:20 19.05.2020
Bu yil maktab bitiruvchilariga attestatning elektron varianti topshiriladi

Bu yil 11-sinfni bitiraman. Oliy oʻquv yurtiga kirishim kerak. Attestat (shahodatnoma) qanday olaman?Ushbu savolga Xalq taʼlimi vazirligi javob berdi.

17:00 19.05.2020
Navbatdagi chora-tadbirlar: tadbirkorlik subyektlari faoliyati qoʻllab-quvvatlanadi

Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, korxonalar faoliyatini tiklab, tayyor mahsulot eksportini koʻpaytirish eng muhim va ustuvor masalaga aylandi. Shu bois mamlakatimizda iqtisodiy oʻsish va investitsiyaviy faollikni ragʻbatlantirish, ishlab chiqarish surʼatlarini tiklash uchun barcha...

12:44 19.05.2020
190 nafar fuqaro ishga yoʻllanma oldi

Namangan shahrining chekka dahasidagi “Yuksalish” mahallasida joylashgan kichik sanoat zonasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Bundan bir muddat avval faoliyat boshlagan hududdagi ishlab chiqarish va xizmat korxonalaridan 65 tasi oʻzlaridagi 625 ta boʻsh mehnat oʻrinlarini taqdim qilishdi. Tanlov bemalol, taklif etilayotgan...

12:31 19.05.2020
Fransiyada koronavirusning yigirmadan ziyod yangi oʻchoqlari aniqlandi

Fransiyada izolyatsiya choralari yumshatilishi boshlanishi bilan tojdor virusning yigirmadan ortiq oʻchogʻi aniqlandi. Ularning uchta Bretani shahridagi goʻsht kombinatlaridir, deb yozadi Yevronyus.

23:45 18.05.2020
Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 2800 nafarga yaqinlashdi

2020-yil 18-may soat 23:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2791 (+12) nafarni tashkil qilmoqda.

23:10 18.05.2020
Deputat 96 nafar fuqaroni doimiy ish bilan taʼminlanishiga koʻmaklashdi

Naima Shokirova Andijon shahridagi “Navroʻz” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiladi. Avvallari mavsumiy ish bilan shugʻullanardi. Respublikamizda karantin holati eʼlon qilingach, bu borada muammo tugʻildi. Har holda ayolning boquvchisi yoʻq, farzandlari hali yosh, muqim ish kerak. Qoʻl bilan berganga qush toʻymaydi....

20:21 18.05.2020
Yoʻlovchilardan tibbiy maʼlumotnoma talab qilinmaydigan boʻldi — Respublika maxsus komissiyasi axboroti 

Xabaringiz bor, karantin davrida fuqarolar uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xorijiy tajriba oʻrganilgan holda joriy yilning 18-may kunidan Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlar (borish va qaytish) hamda Toshkent shahridan Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga...

18:05 18.05.2020
Oʻzbekiston diplomatlari vatandoshlardan buyuk Gʻalabaning 75 yilligini nishonlamaslikni soʻragani haqidagi xabarlar asossiz

Internetdagi axborot manbalarida Oʻzbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi xodimi “Vatandoshlarni Gʻalaba kunini nishonlamaslikka chaqirdi“ va “Diplomatik janjalni qoʻzgʻatdi“ degan mazmundagi fikrlar tarqaldi. Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi ushbu mazmundagi maʼlumotlarga rasmiy munosabat bildirib, internet segmentida tarqalgan bu zayl maʼlumotlar asossiz va haqiqatga...

17:48 18.05.2020
Aholi kayfiyatining oynasi

Elektr energiyasi taʼminotidagi beqarorlik yaqin oʻtmishimizning ogʻriqli nuqtalaridan biri edi. Albatta, buning bir qator sabablari boʻlib, aslida ular koʻp ham tilga olinmas, aksincha isteʼmolchi qarzdorligi doim roʻkach qilinardi.

15:59 18.05.2020
“Motamsaro ona” haykali oldida huquqbuzarlik qilgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻazalkent shahrida joylashgan “Xotira” maydonidagi “Motamsaro ona” haykali ustiga chiqib, uyat soʻzlarni aytib baqir-chaqir qilgan fuqaroning xatti-harakatlari aks etgan video tarqalgan edi.

15:26 18.05.2020